Yangiliklar

2026-09-15

Yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlar olib borilmoqda

topics-img

Beruniy tumanining “Turon” mahallasi, "Osiyo" ko‘chasida aholi orasida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini targ‘ib qilishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbir davomida aholiga yuqumli kasalliklarning oldini olishda shaxsiy va jamoat gigiyenasiga amal qilish, yashash hududlarini ozoda saqlash, ichimlik suvidan xavfsiz foydalanish, oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash va iste’mol qilish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, fuqarolarga sanitariya qoidalariga rioya etish, kasallik alomatlari kuzatilganda o‘z vaqtida tibbiy yordamga murojaat qilish hamda yuqumli kasalliklarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Bunday profilaktik tadbirlar aholining sanitariya madaniyatini oshirish, yuqumli kasalliklarning oldini olish va hududda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Profilaktik va tushuntirish ishlari aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘nalishida izchil davom ettirilmoqda.