⚠️ Ozdiruvchi vosita — sog‘liq hisobiga bo‘lmasin!
Bugun vazn kamaytirishni istaganlar orasida turli xil biofaol qo‘shimchalar, ayniqsa, ozdiruvchi vositalar keng tarqalmoqda. Ammo ularni mutaxassis tavsiyasisiz qabul qilish kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin.
❗️“Tabiiy”, “tez ozdiradi”, “nojo‘ya ta’siri yo‘q” kabi va’dalarga ishonib, bunday vositalarni o‘zboshimchalik bilan iste’mol qilish:
🔹 yurak urishining tezlashishi;
🔹 qon bosimining o‘zgarishi;
🔹 bosh aylanishi, holsizlik;
🔹 oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi;
🔹 uyqusizlik va asabiylik;
🔹 ayrim hollarda esa jiddiy sog‘liq muammolariga sabab bo‘lishi mumkin.
💊 Biofaol qo‘shimcha — dori vositasi emas. Uning tarkibi, qo‘llash tartibi va boshqa dorilar bilan o‘zaro ta’sirini ham hisobga olish muhim.
📌 Vazn kamaytirishning eng to‘g‘ri yo‘li — sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik va zarur hollarda mutaxassis tavsiyasiga amal qilish.
Sog‘liqni tezkor natija uchun xavf ostiga qo‘ymang!