Yangiliklar

2026-10-19

O‘ta xavfli yuqumli kasalliklarga tayyorgarlik o‘rganildi

topics-img

Nukus shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan S.Sultanov nomidagi  Respublika Ftiziatirya hám Pulmanologiya markazida o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarga chalingan yoki ushbu kasalliklarga gumon qilingan bemorlar aniqlangan holatlarda tibbiyot xodimlarining tayyorgarlik darajasi o‘rganildi.

O‘rganish davomida tibbiyot xodimlarining bunday vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishi, infeksiya tarqalishining oldini olish hamda zarur profilaktik chora-tadbirlarni o‘z vaqtida tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Bunday tadbirlar yuqumli kasalliklarning oldini olish, epidemiologik barqarorlikni ta’minlash va aholi salomatligini muhofaza qilishda muhim ahamiyatga ega.