Yangiliklar

2026-10-15

Aholi murojaati o‘rganilib, tegishli choralar ko‘rildi

topics-img

Nukus shahridagi “Samanbay” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan ta’lim muassasasi atrofida uy sharoitida tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari sotilayotgani yuzasidan murojaat kelib tushdi.

Mazkur murojaat Nukus shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘rganildi. O‘rganish davomida holat yuzasidan tegishli choralar ko‘rilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish ishlari amalga oshirildi.

Oziq-ovqat mahsulotlarini sotishda sanitariya qoidalariga rioya etilishi aholi salomatligini muhofaza qilishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois, ushbu yo‘nalishda nazorat tadbirlari hamda profilaktik tushuntirish ishlari davom ettirilmoqda.