Qanliko‘ldagi oilaviy shifokorlik punktida rejali sanitariya nazorati o‘tkazildi
Qanliko‘l tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Qulamet jıraw” oilaviy shifokorlik punktida rejali tekshiruv ishlari olib borildi.
Tekshiruv davomida tibbiyot muassasasida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi, xonalarning tozaligi, dezinfeksiya tadbirlarining tashkil etilishi hamda infeksiyalar tarqalishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar holati o‘rganildi.
To'qtab o'tish joiz, bunday rejali tekshiruvlar tibbiyot muassasalarida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, bemorlar va tibbiyot xodimlari salomatligini muhofaza qilish hamda shifoxona ichi infeksiyalarining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.