Yangiliklar

2026-10-15

Fuqoro murojaati — amaliy natija

topics-img

Qo‘ng‘irot tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan “Azatlıq” MFY hududida chiqindilar to‘planib qolayotgani hamda chiqindi tashlash joyi sanitariya talablariga javob bermasligi yuzasidan kelib tushgan murojaat o‘rganildi.

Murojaatni o‘rganish jarayonida tegishli tushuntirish ishlari olib borilib, muammoni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga takliflar kiritildi.

Natijada chiqindi tashlash joyi boshqa hududga ko‘chirildi va chiqindilarni har kuni olib chiqib ketish yo‘lga qo‘yildi.