Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasida aholi salomatligini muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarda tezkor va samarali harakat qilish hamda mutaxassislarning tayyorgarligini oshirish maqsadida ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulot tasdiqlangan maxsus ssenariy asosida o‘tkazilib, «O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar (vabo va boshqalar) yuzaga kelganda epidemiyaga qarshi va profilaktik tadbirlarni tashkil etish hamda o‘tkazish» mavzusiga bag‘ishlandi.
O‘quv mashg‘ulotining asosiy maqsadi o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar yuzaga kelgan holatlarda tegishli mutaxassislarning tezkor va muvofiqlashtirilgan harakatlarini ta’minlash, epidemiyaga qarshi choralarni samarali tashkil etish hamda kasalliklar tarqalishining oldini olish bo‘yicha amaliy tayyorgarlikni mustahkamlashdan iborat.