Mo‘ynoq tumanida “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda
Mo‘ynoq tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.
Tadbirlar davomida hududga ko‘chatlar ekilib, atrof-muhitni obodonlashtirish hamda yashil maydonlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bunday ezgu tashabbuslar hududlarning yanada ko‘rkam va obod bo‘lishi, ekologik muhitni yaxshilash hamda aholi uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.