Kuzgi bozorlarda eng ko‘p uchraydigan sanitariya xatolari
Kuz — bozor rastalarida mahsulotlar xilma-xilligi ortadigan fasl. Meva-sabzavotlar, sut mahsulotlari, go‘sht va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ko‘paygani sari ularni to‘g‘ri saqlash va sanitariya talablariga rioya qilish masalasi ham dolzarb bo‘ladi.
❗️Bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlarini sotishda ayrim sanitariya talablariga yetarlicha e’tibor bermaslik mahsulot sifatiga, eng muhimi, inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
🔹 Tez buziluvchi mahsulotlarni noto‘g‘ri saqlash — go‘sht, sut va sut mahsulotlari belgilangan harorat sharoitida saqlanishi kerak.
🔹 Xom va tayyor mahsulotlarni aralashtirish — bunday holat mikroorganizmlarning bir mahsulotdan boshqasiga o‘tish xavfini oshiradi.
🔹 Mahsulotlarni ochiq va iflos joyda saqlash — oziq-ovqat mahsulotlari chang, hasharotlar va boshqa tashqi omillardan himoyalangan bo‘lishi lozim.
🔹 Savdo joylarida tozalikni ta’minlamaslik — peshtaxta, idishlar va mahsulot bilan ishlaydigan inventarlarning muntazam tozalanishi muhim.
🔹 Yaroqlilik muddatiga e’tibor bermaslik — xaridor mahsulotni xarid qilishdan oldin uning yaroqlilik muddati va saqlash sharoitini tekshirishi kerak.
👆 Unutmang: oziq-ovqat mahsulotining tashqi ko‘rinishi uning xavfsizligini to‘liq kafolatlamaydi. Mahsulot qanday sharoitda saqlangani va realizatsiya qilinayotgani ham muhim.
Sanitariya qoidalariga rioya qilish — oziq-ovqat orqali yuqadigan kasalliklarning oldini olish va aholi salomatligini himoya qilishning muhim shartidir.