Yangiliklar

2026-09-28

Respublika bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi faoliyati o‘rganildi

topics-img

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli mutaxassislardan iborat ishchi guruhi tuzilib, tibbiyot muassasalarida to‘satdan tekshirish ishlari o‘tkazish belgilangan.

Ushbu o‘rganishlar doirasida navbatdagi reyd Respublika bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasida o‘tkazildi.
Jarayon davomida tibbiy xizmatlar sifati, dori-darmonlar va tibbiy buyumlardan maqsadli foydalanish, tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik, bemorlar murojaatlari bilan ishlash xizmati faoliyati va boshqa muhim yo‘nalishlar tahlil qilindi.

Maqsad uyushmada korrupsiya holatlarini bartaraf etish va oldini olishga qaratilgan.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilishi belgilandi.