Har birimiz ko‘cha taomlaridan istemol qilib ko‘rganmiz. Ammo, ular sanitariya-gigiyenik talablarga javob beradimi?
Quyida e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan mezonlarni bilib olishingiz mumkin:
✅Xodimlarning shaxsiy gigiyenasi: toza kiyim, qo‘lqop va bosh kiyimlar;
✅ Oshxona jihozlari va idish-tovoqlarning uzluksiz tozalanishi;
✅ Mahsulotlarda sifat va yaroqlilik muddatining bo‘lishi;
✅ Ichimlik suvi va yuvinish vositalari gigiyenik me’yorlarga mos kelishi;
✅ Chiqindi qutilari yopiq bo‘lishi va vaqtida tozalanishi zarur.
Bu qoidalarga amal qilinmasa, ovqatdan zaharlanish, yuqumli kasalliklar tarqalishi va sog‘liq uchun xavf tug‘ilishi mumkin.