Yangiliklar

2026-11-06

KEGEYLI TUMANIDA KORRUPSIYANING OLDINI OLISHGA QARATILGAN CHORA-TADBIRLAR O‘TKAZILDI

topics-img

Joriy yilning 5-noyabr kuni Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan Kegeyli tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasida manfaatlar to‘qnashuvi, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni keltirib chiqaruvchi xavf mavjud bo‘lgan funksiyalar va korrupsiyaga qarshi nazorat-profilaktika tadbirlari o‘tkazildi.

Unda sanitariya-epidemiologiya tizimida korrupsiya holatlarining oldini olish, xizmat faoliyatida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda xodimlarning xizmat vazifalariga mas’uliyat bilan yondashishi masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, korrupsiyaga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan omillarni bartaraf etish, har bir xodimning huquqiy bilimi va mas’uliyatini oshirish, fuqarolar va tadbirkorlar bilan munosabatlarda ochiqlik va xolislik tamoyillariga amal qilish muhimligi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida tizimda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi munosabatni shakllantirish, qonun buzilishlarining oldini olish va halollik tamoyillariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.