KEMIRUVCHILARGA QARSHI DERATIZATSIYA ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Nukus shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilish hamda kemiruvchilar orqali tarqalishi mumkin bo‘lgan yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Jumladan, Nukus shahridagi “Nurlı bostan” MFY hududida leyshmanioz kasalligining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish va deratizatsiya ishlari amalga oshirildi.
Mazkur tadbirlar davomida aholiga kasallikning oldini olish, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish hamda kemiruvchilarga qarshi kurashishning ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.
Deratizatsiya tadbirlari kemiruvchilar sonini kamaytirish, yuqumli kasalliklar tarqalish xavfini pasaytirish va hududda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashga qaratilgan.
Aholi salomatligini muhofaza qilish va kasalliklarning oldini olishga qaratilgan bunday profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.