QANLIKO‘L TUMANIDA KORRUPSIYANING OLDINI OLISHGA BAG‘ISHLANGAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Qanliko‘l tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida Sanepid qo'mitaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida sanitariya-epidemiologiya tizimida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, xizmat faoliyatida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda xodimlarning xizmat vazifalariga mas’uliyat bilan yondashishi masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, korrupsiyaga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan omillarni bartaraf etish, har bir xodimning huquqiy bilim va mas’uliyatini oshirish, fuqarolar hamda tadbirkorlar bilan munosabatlarda ochiqlik va xolislik tamoyillariga rioya qilish muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida tizimda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, qonunbuzilishlarning oldini olish va halollik tamoyillariga qat’iy amal qilish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.