Murojaat e’tiborsiz qolmadi: bozor atrofi chiqindilardan tozalandi
Shimboy tumani «Jipek joli» mahallasida joylashgan dehqon bozori atrofidagi beton lotoklarda maishiy chiqindilar to‘planib qolayotgani yuzasidan fuqarolar murojaati kelib tushdi.
Mazkur murojaatni o‘rganish davomida Shimboy tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari mas’ul tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda hududning sanitariya holatini ko‘zdan kechirdi. O‘rganish natijasida beton lotoklar ichida va ularning atrofida yig‘ilib qolgan maishiy chiqindilarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirildi.
Hududni chiqindilardan tozalash orqali uning sanitariya holatini yaxshilash, atrof-muhit ozodaligini ta’minlash va aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillarning oldini olishga e’tibor qaratildi.
Unutmang, tozalik faqat mas’ul tashkilotlarning emas, har birimizning ham vazifamizdir. Chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash va jamoat joylarini ozoda saqlash orqali sog‘lom muhitni birgalikda yaratamiz.