To‘rtko‘l tumanida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazildi
Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan To‘rtko‘l tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan omillarni aniqlash va bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tizimda qonuniylik va ochiqlikni ta’minlash, xodimlarning xizmat vazifalariga mas’uliyat bilan yondashishi hamda korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolar va tadbirkorlar bilan munosabatlarda ochiqlik, xolislik va shaffoflik tamoyillariga rioya etish muhimligi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz munosabatni shakllantirish, qonunbuzilish holatlarining oldini olish hamda xizmat faoliyatida halollik tamoyillariga qat’iy amal qilish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.