Yangiliklar

2026-11-02

Kemiruvchilarga qarshi deratizatsiya ishlari davom etmoqda

topics-img

Nukus shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan kemiruvchilar orqali tarqaladigan kasalliklarning oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

📍 Xususan, Nukus shahrining "Obod makon" va "Qum ovul" MFY hududlarida leyshmanioz kasalligining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari bilan birga deratizatsiya tadbirlari ham amalga oshirildi.

🔬 Bu ishlar kemiruvchilar sonini kamaytirish, ular orqali yuqumli kasalliklarning tarqalish xavfini pasaytirish va sanitariya-epidemiologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan.

Aholi salomatligini muhofaza qilish va sanitariya xavfsizligini ta’minlash maqsadida bunday profilaktik tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.