Yangiliklar

2026-09-21

Laboratoriyada sifatli tekshiruvlar — sanitariya nazoratining muhim yo‘nalishi

topics-img

Boshqarmamizning Chimboy tumani bolimi bakteriologik laboratoriyasida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, laboratoriya tekshiruvlarining sifatini oshirish hamda belgilangan sanitariya talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, steril muhitlarni avtoklavdan chiqarish, oziqli muhitlarni tayyorlash va quyish, shuningdek, suvning bakteriologik ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha laboratoriya tekshiruvlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur ishlar laboratoriya tekshiruvlarining ishonchliligi va sifatini ta’minlash, shuningdek, sanitariya nazoratini samarali tashkil etishga xizmat qilmoqda.