Yangiliklar

2026-09-22

Laboratoriya mutaxassislarining malakasi xalqaro standartlar asosida oshirilmoqda

topics-img

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashda laboratoriya tekshiruvlarining aniqligi va ishonchliligi muhim ahamiyatga ega. Shu bois laboratoriya mutaxassislarining bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, zamonaviy laboratoriya amaliyotlarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashga qaratilgan loyiha doirasida hududlarda laboratoriya mutaxassislari uchun o‘quv-treninglar tashkil etilmoqda.

Mazkur loyiha Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokidagi loyiha doirasida, BMTning Loyiha xizmatlari bo‘yicha boshqarmasi (UNOPS) ko‘magida amalga oshirilayotgan ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Treninglarda Sanepidqo‘mita Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari laboratoriya mutaxassislarining malakasini oshirish, zamonaviy laboratoriya amaliyotlarini takomillashtirish hamda xalqaro talablarga muvofiq ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga e’tibor qaratilmoqda.

Trening va mentorlik yondashuvi asosida tashkil etilayotgan ushbu mashg‘ulotlar laboratoriya mutaxassislarining kasbiy salohiyatini oshirish, tekshiruvlar sifatini yanada takomillashtirish hamda laboratoriya faoliyatida zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etishga xizmat qiladi.

Natijada hududiy laboratoriyalarda zamonaviy talablar asosida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash tizimining laboratoriya yo‘nalishini yanada mustahkamlash ko‘zda tutilmoqda.