Bo‘zatovda bezgak va teri leyshmaniozining oldini olish choralari ko‘rilmoqda
Bo‘zatov tumani hududida bezgak va teri leyshmaniozi kabi kasalliklarning tarqalishining oldini olish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash hamda aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan profilaktik tadbirlar izchil olib borilmoqda.
Kasalliklarning oldini olishda ularni tarqatuvchi hasharotlar va kemiruvchilarga qarshi kurashish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda "Ko‘k suv" APJ hududida profilaktik deratizatsiya va dezinseksiya ishlari amalga oshirildi.
Tadbirlar davomida kasallik tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan omillarni kamaytirish, hududlarni sanitariya jihatidan sog‘lomlashtirish hamda epidemiologik xavfsizlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
Profilaktik tadbirlarning muntazam tashkil etilishi bezgak va teri leyshmaniozi kasalliklarining tarqalish xavfini kamaytirish, aholi o‘rtasida sanitariya madaniyatini oshirish va sog‘lom muhitni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.