Yangiliklar

2026-09-30

Nukus shahridagi maktablarda sanitariya holati bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilmoqda

topics-img

Sanepid qo‘mitasining Nukus shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan Nukus shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasdiqlangan reja-grafik asosida sanitariya-epidemiologik tekshiruvlar o‘tkazilmoqda.

Tekshiruvlar davomida maktablarning atrof-muhit hududi, o‘quv xonalarining sanitariya holati, ichimlik suvi bilan ta’minlanganligi, tibbiyot xonalarining zarur dori-darmon va tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganligi, shuningdek, xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlar o‘rganilmoqda.

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Aniqlangan holatlar yuzasidan amaldagi tartibda tegishli choralar ko‘rilmoqda.