Yangiliklar

2026-10-02

Bozordagi xavfsizlik — uyimizdagi salomatlik garovi

topics-img

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Nukus shahar bo‘limi mutaxassislari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasining Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi hamkorligida «Nukus dehqon bozori» hududida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida bozorda sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, saqlanish sharoitlari hamda sanitariya talablariga rioya etilishi o‘rganildi.

Shuningdek, savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar va xaridorlar o‘rtasida oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish, xususan, guruhli zaharlanish holatlarining oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Xavfsiz oziq-ovqat — sog‘lom dasturxon va aholi salomatligining muhim garovi. Shu bois bozorlarda sanitariya talablariga rioya etilishi yuzasidan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.