Yangiliklar

2026-10-05

Cho‘l hududlarida kemiruvchilarga qarshi profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

topics-img

Beruniy tumanining “Oltinsoy” va “Obay” OFY hududlaridagi cho‘l maydonlarida yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda epidemiologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida kemiruvchilarga qarshi maxsus deratizatsiya ishlari olib borildi.

Tadbirlar davomida kemiruvchilarning inlari aniqlanib, belgilangan tartibda manzilli ishlov berildi. Mutaxassislar ish jarayonida sanitariya va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilib, maxsus himoya vositalaridan foydalandilar.

Bunday profilaktik tadbirlar kemiruvchilar orqali tarqalishi mumkin bo‘lgan yuqumli kasalliklarning oldini olish va aholi salomatligini muhofaza qilishda muhim ahamiyatga ega.

Hududlarda epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashga qaratilgan deratizatsiya ishlari reja asosida davom ettirilmoqda.