Kuz-qish mavsumi: xavfsizlik va sanitariya barqarorligi — e’tibor markazida
To‘rtko‘l tumanida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbirlar davomida mavsumda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xavfsizlik talablariga rioya etish hamda ehtimoliy holatlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, kuz-qish mavsumida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, aholi salomatligiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan omillarning oldini olish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Mazkur tadbirlarda To‘rtko‘l tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari ham faol ishtirok etdi.
Bunday profilaktik tadbirlar mavsumni xavfsiz va betalofat o‘tkazish, aholi salomatligi hamda xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.