Jamoat hojatxonalarida tozalik va gigiyena qoidalariga amal qiling!
Jamoat hojatxonalarida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish — nafaqat shaxsiy gigiyena, balki atrofdagilar salomatligini asrashning ham muhim shartidir.
📌 Quyidagi qoidalarga amal qiling:
☑️ hojatxonadan foydalangandan so‘ng suvni oqizishni unutmang.
☑️ tozalikni saqlang, chiqindilarni belgilangan joyga tashlang.
☑️ qo‘llaringizni sovun bilan yaxshilab yuving.
☑️ sanitariya jihozlariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘ling.
☑️ hojatxonani ifloslantirmang va boshqalarning foydalanishi uchun toza holda qoldiring.
⚠️ Unutmang! Jamoat joylarida sanitariya qoidalariga befarq bo‘lish noqulaylik tug‘dirishi va yuqumli kasalliklar tarqalishiga sharoit yaratishi mumkin.
🌿 Tozalik — madaniyat belgisi! Jamoat hojatxonalarida ozodalikni saqlashga o‘z hissangizni qo‘shing.