Yangiliklar

2026-10-12

Taxtako‘pir tumanidagi To‘qay xo‘jaligi hududida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘quv-mashg‘uloti o‘tkazildi

topics-img

Taxtako‘pir tumani To‘qay xo‘jaligi hududida yuz berishi mumkin bo‘lgan yong‘in holatlarining oldini olish, favqulodda vaziyatlarda tezkor va samarali harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida o‘quv-mashg‘uloti tashkil etildi.
 
Mazkur tadbir tuman hokimligi, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi (FVB), Taxtako‘pir tumani Davlat to‘qay xo‘jaligi bo‘limi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida shartli yong‘in holati yuzaga kelganda mas’ul xodimlarning harakatlari, yong‘inni tezkor aniqlash va bartaraf etish, yong‘in tarqalishining oldini olish hamda mavjud kuch va vositalardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish, tabiiy hududlarni yong‘indan muhofaza etish va favqulodda vaziyatlarda o‘z vaqtida choralar ko‘rish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Bunday o‘quv-mashg‘ulotlari favqulodda vaziyatlarning oldini olish, tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘in holatlariga tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratilgan.


Taxtakópir rayonı hákimliginiń málimleme xızmeti