Yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi
Respublika Tez tibbiy yordam markazi Qoraqalpog‘iston filialida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Nukus shahar bo‘limi hamkorligida yuqumli kasalliklarning oldini olish, xususan, Qrim-Kongo gemorragik isitmasi kasalligiga qarshi profilaktika choralarini kuchaytirishga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda Qrim-Kongo gemorragik isitmasining kelib chiqish sabablari, yuqish yo‘llari, klinik belgilari, kasallikni erta aniqlash, bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish hamda infeksiya tarqalishining oldini olish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tibbiyot xodimlarining shaxsiy himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanishi, biologik xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etishi va epidemiologik vaziyatlarda harakat qilish tartibi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ishtirokchilar bilan savol-javoblar tashkil etilib, mavjud bilim va ko‘nikmalar yanada mustahkamlandi.