Yangiliklar

2026-06-15

Yuqumli kasalliklarni nazorat qilishda raqamli yechimlar amaliyotga joriy etilmoqda

default

Nukus shahridagi  “Jipek Joli” mehmonxonasida “Yuqumli kasalliklarning elektron monitoring axborot tizimi” (YUKEM)ni hududlarda samarali joriy etish hamda raqamli axborot almashinuvini rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tizimi mutaxassislari, epidemiologlar, YUKEM tizimi uchun mas’ul xodimlar hamda infeksionist shifokorlar ishtirok etdi.

Seminar davomida ishtirokchilarga axborot tizimining amaliy imkoniyatlari, ma’lumotlarni elektron shaklda yuritish, tahlil qilish va tezkor almashish bo‘yicha tushunchalar berildi. Shu bilan birga, hududlarda tizimni samarali qo‘llash bo‘yicha tajribalar muhokama qilindi.

Tadbir yakunida epidemiologik nazoratni yanada takomillashtirish, ma’lumotlar almashinuvi samaradorligini oshirish va sohada raqamli texnologiyalarni keng qo‘llash yuzasidan tavsiyalar bildirildi.