Qo‘ng‘irot tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli "Ko‘kli ko‘l" oilaviy shifokorlik punktida amalga oshirilayotgan emlash jarayoni o‘rganildi. Tekshiruv davomida "Milliy kalendar" va epidemiologik ko‘rsatmalarga muvofiq amalga oshirilayotgan emlash jarayoni va olib borilayotgan hisobotlarning to‘g‘riligi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, tuman bo‘ylab barcha davolash-profilaktika muassasalaridagi emlash xonalarida monitoring o‘tkazilib, natijalar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Kanalga a’zo bo‘lish: @qqsess