Yangiliklar

2025-07-30

Yoz oylarida bolalarda ichak infeksiyalarining oldini olish

topics-img

Yoz mavsumida bolalar orasida o‘tkir ichak infeksiyasi bilan kasallanish holatlari tez-tez uchraydi. Asosiy sabablar sanitariya-gigiyena me’yorlariga rioya qilmaslik, sifatsiz suv va oziq-ovqat qabul qilish.

📌 Infografikada biz kasallik xavfini kamaytirishga yordam beradigan asosiy profilaktika choralarini jamladik:
- shaxsiy gigiyenaga rioya qilish;
- xavfsiz suv ishlatish;
- mahsulotlarni to‘g‘ri tayyorlash va saqlash;
- cho‘milish joylarini nazorat qilish.

✅ Eslatib o‘tamiz: bu oddiy, lekin muhim tavsiyalarni amalga oshirish - issiq mavsumda bolalar salomatligini saqlashning samarali yo‘li hisoblanadi.

Kanalga obuna bo‘lish: @qqses