Yordamga muhtoj fuqarolar xonadonlarida dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazildi
Sanepid qo'mita Qong'irot tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi ro‘yxatida turgan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj fuqarolar istiqomat qilayotgan xonadonlarda dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazildi.
Mazkur tadbirlar yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish hamda yordamga muhtoj fuqarolar uchun xavfsiz va sog‘lom yashash muhitini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.