Yuqumli kasalliklar o‘choqlarida Kegeyli tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan yakuniy dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda.
U bemor izolyatsiya qilingandan yoki shifoxonaga yotqizilgandan keyin atrof-muhitdagi - uydagi, maishiy buyumlardagi, kiyimdagi, idishdagi va boshqa obyektlardagi infeksiya qo‘zg‘atuvchilarini to‘liq yo‘q qilish maqsadida o‘tkaziladi.
Yakunlovchi dezinfeksiyaning tibbiy ahamiyati shundan iboratki, u bemor bilan muloqotda bo‘lgan oila a’zolari, qo‘shnilar va boshqa odamlar o‘rtasida kasallikning yanada tarqalishining oldini oladi.
Bu chora infeksiya o‘chog‘ini bartaraf etish va aholini kasallik qaytalanishidan himoya qilishga yordam beradi.
Dezinfeksiya ishlarini muntazam va o‘z vaqtida amalga oshirish - hududimizdagi har bir fuqaroning sanitariya xavfsizligi va salomatligi garovidir.
Kanalga obuna bo‘lish: @qqses