Xususiy stomatologiya poliklinikalarida monitoring ishlari olib borildi
Beruniy tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida hududdagi xususiy stomatologiya klinikalarida monitoring tadbirlari o‘tkazildi.
Jarayon davomida davolash xonalari, tibbiy asbob-uskunalar, sterilizatsiya jarayonlari, sanitariya holati va dezinfeksiya tadbirlarining amaldagi sanitariya me’yorlariga muvofiqligi o‘rganildi.
Shuningdek, laboratoriya tekshiruvlari uchun surtma va havo namunalari olinib, tahlil ishlari rejalashtirildi.
✅ Bunday nazorat tadbirlari tibbiyot muassasalarida sanitariya osoyishtaligini ta’minlash, shifoxona ichi infeksiyalarining oldini olish hamda aholiga xavfsiz va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishga xizmat qiladi.