Xususiy klinikalarda bakteriologik tekshiruvlar uchun namunalar olinmoqda
Beruniy tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan shartnoma asosida hududda faoliyat yuritayotgan xususiy klinikalarda sanitariya nazorati tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Kuzatuv jarayonida klinikalarning sanitariya holatini baholash va mikrobiologik xavfsizlikni nazorat qilish maqsadida xonalar havosidan namunalar va turli yuzalardan surtmalar bakteriologik laboratoriya tekshiruvi uchun olindi.
Olingan namunalar belgilangan tartibda laboratoriyada tahlil qilinib, ularning sanitariya-gigiyena me’yorlariga muvofiqligi baholanmoqda.