Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Nukus shahar bo‘limi sanitariya-gigiyena laboratoriyasi shifokori Zulfiya Baltabayeva aholi salomatligini saqlashdagi ezgu xizmati va yurtimiz ravnaqi uchun qo‘shgan samarali mehnati uchun "Ustoz yo‘li" gazetasi tahririyati tomonidan ta’sis etilgan "O‘z kasbining fidoyisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Bu mukofot mehnatga sadoqat va boshlangan har bir ishda ijobiy natijaga erishishga bo‘lgan intilishning yorqin ifodasidir.
Boshqarmaning mehnat jamoasi Zulfiya Baltabayevani ushbu yuksak mukofot bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi!
Kanalga a’zo bo‘lish: @qqsess