Yangiliklar

2026-03-16

Xom va pishgan mahsulotlarni alohida saqlang!

topics-img


💬Ko‘pchilik e’tibor bermaydigan oddiy xato — xom va pishgan ovqatlarni bir joyda saqlashdir. Bu esa turli mikroblarning tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin.

⚡️Xom go‘sht, baliq yoki tovuq mahsulotlarida bo‘lishi mumkin bo‘lgan bakteriyalar tayyor ovqatlarga o‘tib, ovqatdan zaharlanish holatlarini keltirib chiqaradi.

⚠️Shuning uchun quyidagilarga amal qiling:

✅ xom go‘sht va baliqni alohida idishda saqlang;
✅ tayyor ovqatlarni yopiq idishda saqlang;
✅ xom mahsulotlar uchun alohida taxta va pichoq ishlating;
✅ muzlatkichda xom mahsulotlarni pastki qavatga qo‘ying.

🧼 Oddiy gigiyena qoidalari — sog‘lom hayot garovi!

Sanitariya qoidalariga rioya qilish orqali siz o‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligini himoya qilasiz.