Yangiliklar

2026-05-07

Xo‘jayli tumanida avtomobil yo'llari atmosfera havosi tarkibi o‘rganildi

topics-img

Xo‘jayli tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan avtomobil yo‘llarida atmosfera havosi tarkibi nazorat qilindi.

O‘rganish jarayonida maxsus uskunalar yordamida havodagi zararli moddalar miqdori tekshirilib, ekologik va sanitariya me’yorlariga mosligi tahlil qilindi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — aholi salomatligini muhofaza qilish, atmosfera havosining tozaligini ta’minlash hamda transport vositalaridan chiqayotgan zararli gazlarning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirishdan iborat.

🌱 Atrof-muhit musaffoligi — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz!