Xo‘jayli dehqon bozorida o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida 8 holatda nitrat miqdori normadan yuqori ekani aniqlandi
Xo‘jayli tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan Xo‘jayli dehqon bozorida o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida aholiga sotuvga chiqarilayotgan poliz mahsulotlari tarkibidagi nitrat qoldiqlari laboratoriya usulida o‘rganildi.
Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, jami 20 ta namuna tahlildan o‘tkazilib, shundan 8 holatda nitrat miqdori belgilangan me’yordan yuqori ekani aniqlandi.
Shuningdek, nazorat tadbiri davomida poliz mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarga nitrat miqdori me’yordan ortiq bo‘lgan mahsulotlarning inson salomatligiga ta’siri hamda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Mutaxassislar tomonidan mahsulotlarni realizatsiya qilishda sanitariya talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan tavsiyalar berildi.