Vaksina - yuqumli kasalliklarning oldini olishning eng samarali usuli. U organizmda immunitet hosil qilib, og‘ir asoratlar va o‘lim xavfini kamaytiradi. Emlash orqali nafaqat o‘zimiz, balki jamiyatdagi himoyaga muhtoj bolalar, keksalar va homilador ayollar ham himoyalanadi. Vaksinatsiya sog‘liqni saqlash va kasalliklar tarqalishini to‘xtatishda muhim o‘rin tutadi.
Avval aytganimizdek seminar davom etmoqda, unda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
- Sovuqlik zanjiriga rioya qilish;
- Vaksina omborlari xaritasini yuritish;
- Ishning tashkil etilishi;
- Milliy immunizatsiya dasturiga raqamli texnologiyalar joriy qilingani;
- Vaksinaning yetkazilishi va undagi indikatorlar haqida.
Seminar davomida savol-javoblar va boshqa joriy etilayotgan yangiliklar haqida xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtirokida suhbatlar olib borildi.
Bunday chora-tadbirlar faol xizmat olib borayotgan Immunoprofilaktika mutaxassislari faoliyatini yanada shiddatlashtirishga turtki bo‘ladi. Agar vaksinalar bo‘lmaganda, oddiy infeksiyalarning o‘zi tez og‘ir shaklga o‘tib, odamlarni shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj holatga olib kelar edi. Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, immunizatsiyasiz kasalliklar keng tarqalib, og‘ir asoratlar va yuqori o‘lim ko‘rsatkichlariga sabab bo‘lgan. Vaksina esa bu xavfni keskin kamaytirib, jamiyatni og‘ir oqibatlardan himoya qiladi.
Shu bois har bir inson o‘z vaqtida emlanishi, o‘zini va boshqalarni xavfli infeksiyalardan himoya qilishi zarur. Vaksina - sog‘lom kelajak garovi!
Kanalga obuna bo‘lish: @qqses