Xavfsiz tibbiy muhit – sog‘lom avlod kafolati
San-epid qo‘mitasi Kegeyli tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan yillik reja asosida Kegeyli tumani Respublika tibbiyot birlashmasiga qarashli Xalqobod tug‘ruq bo‘limida reja asosidagi nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
🔹 Nazorat davomida amaldagi SanPiN talablari hamda tegishli buyruqlar ijrosi o‘rganildi.
🔹 Muassasada sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.
🔹 Tibbiyot xodimlariga infeksiyalarning oldini olish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash va amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga qat’iy amal qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.