Xavfni oldindan bartaraf etish — asosiy maqsad
Nukus tumanida kuydirgi kasalligining tabiiy o‘choqlardan tarqalishining oldini olishga qaratilgan maxsus taktik-o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Unda Sanepid qo‘mitasining Nukus tumani bo‘limi, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari hamda tegishli xizmatlar ishtirok etdi.
Mashg‘ulot davomida kuydirgi kasalligi bilan bog‘liq ehtimoliy vaziyatlarda xizmatlarning birgalikdagi harakatlari, tezkor choralar ko‘rish va vaziyatni nazoratga olish bo‘yicha amaliy mashqlar bajarildi.
O'quv mashg'ulotini o'tkazishdan asosiy maqsad — favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni kuchaytirish va kasallik tarqalishining oldini olish bo'lib hisoblanadi.