Uy sharoitida tayyorlangan bunday mahsulotlar sanitariya nazoratidan o‘tmaydi. Standartlar bo‘yicha termik ishlov berilmasa, og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfli zaharlanish - botulizm oson rivojlanadi.
Chimboy tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan "Chimboy dehqon bozori" hududida uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlari aniqlanib savdodan chetlashtirildi va sotuvchilarga sanitariya-gigiyena qoidalari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Kanalga a’zo bo‘lish: @qqses