Qo‘ng‘irot tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'limida UNICEF ko‘magida jihozlangan zamonaviy laboratoriya ishga tushirilgan edi. UNICEFning O‘zbekistondagi vakili Rexina Mariya Kastijion bo‘limga tashrifi chog‘ida laboratoriya va tibbiy uskunalar bilan tanishdi.
Maxsus shkaf, konduktometr, elektron tarozi, pH-metr, magnitli aralashtirgichlar laboratoriya infratuzulmasiga qo'shilgan. Shuningdek, vaksinalarni saqlash uchun maxsus muzlatkichlar ham ko‘rsatildi.
Bu jihozlar tekshiruvlarni tez va aniq o‘tkazish, infeksiyalarning oldini olish hamda vaksinalarni xavfsiz saqlash imkonini beradi. Shu tariqa, aholi salomatligi yanada ishonchli himoya qilinadi.
UNICEF yordami tufayli bo‘limning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, tibbiy xizmat sifati yangi bosqichga ko‘tarildi
Kanalga obuna bo'lish: @qqses