“Turon” va “Orol” oromgohlarida sanitariya tadbirlari tashkil etildi
Boshqarmamizning Nukus shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan poytaxtimizdagi “Turon” va “Orol” bolalar dam olish hamda sog‘lomlashtirish markazlarida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Unda asosan bolalar sifatli dam olishlari uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish, hasharotlar tarqalishining oldini olish hamda yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida dezinseksiya va dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi.