📍Boshqarmamizning Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan hududdagi Qo‘ng‘irot Sanoat texnikumida gripp, ORVI va leyshmanioz kasalliklarining oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi;
📍Sanepid qo‘mitasi Kegeyli tumani bo‘limi tegishli mutaxassislari tomonidan tumandagi xususiy davolash muassasalari, shuningdek, dorixonalarga turli ko‘rinishdagi yuqumli kasalliklar, xususan, gepatit, gripp va o‘tkir respirator kasalliklarning yuqish yo‘llari va oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi;
📍Ellikqal’a tumanidagi 8-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilariga boshqarmamizning Ellikqal’a tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan virusli gepatit A kasalligi, undan saqlanish yo‘llari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.