Atrof-muhitni muhofaza qilish har bir insonning sog‘lig‘i haqida g‘amxo‘rlik qilishning eng asosiy qismidir. Toza havo, xavfsiz suv va yashil hududlar kasallik kamayishiga va aholi turmush sifati yaxshilanishiga bevosita ta’sir qiladi.
Atrof-muhitning ifloslanishi natijasida nafas olish tizimining surunkali kasalliklari, allergik reaksiyalarning ko‘payishi, immun tizimi faoliyatining buzilishiga olib keladi. Shuning uchun har birimiz inson salomatligi tabiatning musaffoligidan boshlanishini unutmasligimiz kerak.
Kanalga obuna bo‘lish: @qqses