Yangiliklar

2026-08-21

To‘rtko‘l tumanida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanish va tibbiy xizmat sifatini oshirishga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi

topics-img

To‘rtko‘l tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari hamkorligida maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari uchun amaliy o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar salomatligini asrash, sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish, shuningdek, tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir davomida bolalar uchun taomlarni belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq tayyorlash va saqlash, oshxonalarda sanitariya qoidalariga rioya qilish, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tibbiy xizmatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, bolalar salomatligini muntazam nazorat qilish hamda kasalliklarning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar va tajriba almashdilar.