To‘rtko‘l tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi rejali deratizatsiyaning 3-bosqichini olib bormoqda.
Kemiruvchilar populyatsiyasi ko‘payishi leyshmanioz kasalligining dinamikasiga ta’sir qiladi, olimlar bunga qarshi chora sifatida deratizatsiya amaliyotini tavsiya etadi. Kasallik bo‘yicha barqarorlikni saqlash maqsadida bu tadbirlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hududimizning katta qismi qumli hududlarga to‘g‘ri kelishini inobatga olsak, bu ishlar katta ahamiyatga ega ekanini anglash mumkin.
Kanalga obuna bo‘lish: @qqses