Sanepidqo‘m To‘rtko‘l tuman bo‘limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli klinik laboratoriyada tashkil etilgan mazkur seminarda soha mutaxassislari ishtirok etdi.
🔬 Seminar davomida:
• bezgakni aniqlashda laborator tashxisning ahamiyati,
• qon namunalarini to‘g‘ri olish va tayyorlash tartibi,
• mikroskopik tekshiruv usullari,
• zamonaviy diagnostika talablari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
👩⚕️👨⚕️ Tadbirda laboratoriya xodimlarining bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, kasallikni erta aniqlash hamda samarali profilaktika choralarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash maqsadida bunday o‘quv-amaliy seminarlar izchil davom ettiriladi.