Yangiliklar

2026-09-16

To‘g‘ri ovqatlanish chiroyli teriga ega bo‘lishning garovi

topics-img

Ko‘pchilik chiroyli teriga ega bo‘lishda ovqatlanish tartibiga rioya qilish kerakligini aytadi. Xo‘sh bunday vaziyatda biz ko‘proq qanday mahsulotlarni qabul qilishimiz kerak?

Eng avvalo shakarli, gazlangan ichimliklar, fastfud, chips va qotgan nonlardan (kreyeshki) voz keching.

Kuniga 3 mahal issiq ovqat iste’mol qilishingiz kerak (ya’ni, quruq buterbrodlar emas, sho‘rva yoki quyuq ovqat).
Asosiy ovqatlanish oralig‘ida meva, yong‘oq yoki sut-qatiq mahsulotlarini iste’mol qiling.

Soatga qarab ovqatlaning: uyg‘ongandan so‘ng bir soatdan kechiktirmay ovqatlaning va yotishdan 3-4 soat oldin kechki ovqatlanishni unutmang.

Har kuni 1,5-2 litr gazsiz toza suv iching (achchiq bo‘lmagan choy ham ichishga yaroqli). Har yarim soatda 100 ml ichish eng foydali usul. Lekin, har bir odamning suvga bo‘lgan ehtiyoji individual bo‘lishini hisobga oling.